Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun «Mening fikrim» onlayn petitsiya maydoni yaratiladi
O‘zbekistonda 2018 yilda «Mening fikrim» maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.
Kelishuv asosida Oliy Majlis palatalari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi mas'ulligida 2018 yilning 20 apreligacha amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu tartib uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining 2,0 milliard so‘m mablag‘i sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir yuzasidan belgilangan muddatgacha normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bunda, internet tarmog‘ida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni bildirish mumkin bo‘lgan maxsus maydonni tashkil etish hamda tegishli tashabbusni muayyan miqdordagi fuqarolar qo‘llab-quvvatlaganda uni Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish majburiyligi nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
23:05 / 13.02.2025
Daniyada Kaliforniyani sotib olish to‘g‘risidagi petitsiya 200 mingdan ziyod imzo to‘pladi
18:51 / 13.08.2024
Qozog‘istonda onlayn kreditni taqiqlash bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi
21:05 / 03.10.2023
Qozog‘iston hukumatiga 50 mingdan ortiq ovoz to‘plagan petitsiyalarni ko‘rib chiqish majburiyati yuklandi
10:20 / 13.02.2023