Qozoğistonning «Haq-Nazar» jamoat fondi ijtimoiy faollari mamlakatda onlayn kreditni taqiqlaş böyiça petitsiya yaratdi. U Epetition.kz saytida paydo böldi, deb yozdi Exclusive.
Qayd qilinişiça, jamoat fondi xodimlari onlayn-kreditlarning salbiy oqibatlaridan «çuqur taşviş» bildirgan. Ularning fikriga köra, bunday kreditlarni olişning osonligi köplab ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib çiqaradi.
Ta’kidlanişiça, onlayn kreditlar fuqarolarning moliyaviy farovonligiga katta xavf tuğdiradi.
«Ularning qulayligi aholining zaif qatlamlari örtasida qarz yukining oşişiga va moliyaviy beqarorlikka olib keladi. Yuqori foiz stavkalari va noaniq kredit şartlari köpinça odamlarni oğir qarz tuzoğiga solib qöyadi, ba’zilar undan qutulolmaydi. Bundan taşqari, onlayn-kreditlaş qarz majburiyatlarini tölay olmaslik bilan boğliq firibgarlik, öğirlik va tovlamaçilik kabi jinoyatlar sonining köpayişi uçun şaroit yaratdi», deyiladi petitsiyada.
Petitsiya mualliflari Qozoğiston hududida onlayn kreditlar berişni taqiqlaş, şuningdek, qarz oluvçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida mikrokreditlar beriş sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytirişni talab qilmoqda.
«Biz onlayn kreditlarni çeklaş va nazorat qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar jinoyat, suiiste’mollik va moliyaviy qullik bilan boğliq xavflarni sezilarli darajada kamaytirişiga aminmiz. Biz Qozoğiston hukumatini fuqarolarni himoya qiliş va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş uçun zudlik bilan çoralar körişga çaqiramiz», deyiladi petitsiyada.








