Nemis söl qanot siyosatçilari va faollari Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatiş va uruşni tinç muzokaralar yöli bilan tugatiş töğrisidagi onlayn petitsiya orqali ikki kun içida çorak milliondan ortiq imzo töplandi. Söl partiyadan Bundestag a’zosi Sahra Vagenknext hamda jurnalist va feminist Alis Şvarser tomonidan işlab çiqilgan hujjat Change.org platformasida 10 fevral, juma kuni ertalab e’lon qilindi, 12 fevral, yakşanba kuni tuşdan keyin unga deyarli 280 ming kişi imzo çekdi.

Imzolovçilar orasida Germaniya Evangelist çerkovi kengaşining sobiq rahbari Margot Kessman, aktrisalar Xanna Şigulla, Yutta Şpaydel, jurnalist Frans Alt, aktyor Xenri Xyubxen, siyosatçi Gyunter Ferxoygen, dirijyor Yustus Frans, qöşiqçi Raynxard Mey va boşqa nemis siyosat va madaniyat arboblari bor.

«Tinçlik uçun manifest» deb nomlangan petitsiya mualliflari Germaniya kansleri Olaf Şolsga murojaat qilib, «qurol yetkazib berişning kuçayişini» va zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, tinçlik muzokaralarini boşlaşga harakat qilişni söradi. Unda aytilişiça, Ukraina Ğarb kömagida individual janglarda ğalaba qozonişga qodir bölsa-da, «dunyoning eng yirik kuçiga qarşi uruşda ğalaba qozona olmaydi».

Ayni paytda, «manifest» Germaniyada tanqid ham qilinmoqda. Şunday qilib, Bundestag raisining örinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt Funke Mediengruppe gazetalariga bergan intervyusida uni «nafaqat sodda, balki nomussiz» deb atadi. Uning sözlariga köra, petitsiya taşabbuskorlari Putin va uning xalqi begunoh ukrainaliklarga hujum qilişda, ularni qamoqqa taşlaşda, zörlaşda va öğirlaşda davom etişini tarğib qilmoqda. «Mudofaa uçun qurol işlatib, qizil çiziqni kesib ötgan Ğarb emas. Putin töqqiz yil avval Qrimni annexia qilib, qizil çiziqni kesib ötgan», - deydi Yaşillar partiyasi siyosatçisi.

Öz navbatida, Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Oleksiy Makeyev petitsiya mualliflari aytgan tinçlik muzokaralari ehtimoliga şubha bilan qaradi. Uning sözlariga köra, ikki davlat örtasida muzokaralar bölib ötişi Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putinga boğliq. «Rossiya qandaydir tarzda tinçlikka erişişdan manfaatdor ekanligidan darak yöq», dedi Makeyev Deutschlandfunk radiostansiyasiga bergan intervyusida va Moskvadagi siyosiy rahbariyat «Ukraina davlat sifatida mavjud bölişini töxtatişni» xohlayotganini ta’kidladi.