Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gazlidagi konlar “O‘zbekneftgaz”da qoladigan bo‘ldi
Gazli hududidagi 21 ta kon loyihasini “O‘zbekneftgaz”ning o‘zi amalga oshiradigan bo‘ldi. Avvalroq bu loyihaga hamkorlar jalb etilishi ko‘zda tutilgandi.
Gazlidagi gaz konlaridan biri / Foto: Kun.uz
Gazli hududidagi konlarda uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha “muhim strategik qaror” qabul qilindi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi.
Bu qarorga ko‘ra, avval hamkorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan Gazli hududidagi 21 ta kon bo‘yicha loyiha endilikda “O‘zbekneftgaz”ning o‘z kuch va moliyaviy resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
“Loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha burg‘ilash uskunalarini jalb qilish, yer usti kompressor stansiyalarini o‘rnatish, shuningdek, zarur moddiy-texnik resurslarni xarid qilish orqali qazib chiqarish jarayonlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan”, – deyiladi xabarda.
Ikki hafta oldin “O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoyning United Energy Group Limited kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
“O‘zbekneftgaz” xabariga ko‘ra, muloqotda Gazli hududida joylashgan konlarda uglevodorodlar qazib olish hajmlarini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihaning joriy holati va uni amalga oshirish sur’atlari muhokama qilingan.
“Muzokaralar davomida tomonlar loyihaning samarali va barqaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalishlar, zamonaviy texnologik yechimlar hamda moliyaviy-iqtisodiy masalalarni atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihani amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish, o‘z vaqtida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish hamda keyingi bosqichdagi harakatlarni aniq rejalashtirish muhimligini ta’kidladilar”, – deyilgandi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil dekabr oyi o‘rtalarida “O‘zbekneftgaz”ga Abdug‘ani Sanginov rais etib tayinlangan, o‘shanda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov gaz qazib chiqarishni oshirish uchun ajratilgan katta mablag‘larga qaramay, kutilgan natijalarga erishilmayotganini tan olgandi. Oradan 1 oy o‘tib, Sanginov prezident huzuridagi yig‘ilishda ham gaz qazib chiqarishni oshirish topshirig‘ini oldi.
Mavzuga oid
10:50 / 18.03.2026
Xitoy Buxoroda 75 mln dollarlik “yashil” energiya loyihasini amalga oshiradi
09:05 / 15.03.2026
Prezidentning IIVga e’tirozi, energetik mustaqillik va o‘pirilgan yo‘l - hafta dayjesti
11:23 / 14.03.2026
Metan-shoxobchalar bugun soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ladi
07:23 / 13.03.2026