Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kvotalarni yildan yilga oshirsak bo‘ladi” – Behzod Musayev AQSh bilan pilot loyiha haqida
Migratsiya agentligi AQShning USA Farm Labor tashkiloti bilan kelishuv imzolagani xabar qilingandi. Unga muvofiq o‘zbekistonliklar Qo‘shma Shtatlardagi fermalarda oyiga o‘rtacha 3500 dollar maosh bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi. Kun.uz bilan bu mavzuda gaplashgan agentlik rahbari Behzod Musayevga ko‘ra, hozir pilot loyiha doirasida kvotalar belgilanmoqda.
Foto: Kun.uz
Kuni kecha Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev AQShning USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuel Fik bilan muzokara olib borib, unda o‘zbekistonlik nomzodlarni ilk bor AQShdagi mavsumiy ishlarga jalb etish tartibi muhokama qilingani xabar qilingan edi. Musayevning Kun.uz’ga aytishicha, hozir shu loyiha doirasida kvotalar belgilanmoqda.
“Biz mana juda katta yutuqqa erishdik deb hisoblasak bo‘ladi. Amerikaning US Farm Labor degan tashkiloti, bu barcha fermerlarni birlashtiradigan tashkilot. Amerikada tabiiyki, oylik yuqori. Ular asosan Lotin Amerikasidan ishchi kuchini jalb qilib kelayotgan edi. Amerika bilan oxirgi yillardagi juda bir yaqinlik, do‘stona, strategik aloqalarning tiklanishi bizning sohada ham yo‘l ochib kelmoqda va ular endi shu tashqaridan, chet mamlakatdan jalb qilinadigan ishchi kuchiga O‘zbekistonni ham qo‘shishdi. Demak, bugun biz endi kvotalar mavzusida gaplashamiz”, dedi Behzod Musayev.
Agentlik rahbarining qo‘shimcha qilishicha, loyiha bundan oldin qilinmagani bois birinchi guruhda boradigan o‘zbekistonliklarning o‘zini tutishi, mas’uliyati keyingi ishlarni belgilab beradi.
“Kelishuv imzolandi, onlayn formatda, har holda oramiz juda uzoq bo‘lgani uchun. Endi keyingi masala kvotalarni ajratish va birinchi navbatda ular uchun ham biz yangi ish kuchi bo‘lganimiz, yangi millat, yangi mamlakat bo‘lganimiz uchun birinchi masala pilot loyihasida ma’lum bir odamlarni yuborganimizdan keyin, ularning mehnatga nisbatan bo‘lgan qobiliyati, mas’uliyati, qonunga rioya qilishi, u jamiyatga tez integratsiya bo‘lishini ko‘rsata olganimizdan so‘ng, albatta, bunday kvotalar yildan yilga oshib borishiga erishamiz”, deya qo‘shimcha qildi Musayev.
Mavzuga oid
11:02 / 04.04.2026
Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda
09:18 / 04.04.2026
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi
09:11 / 04.04.2026
Eron: AQSh Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi
13:13 / 03.04.2026