O‘zbekiston | 07:57 / 05.02.2021
3434
2 daqiqa o‘qiladi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijga o‘qishga yuboriladiganlar soni 5 barobarga oshiriladi

Prezident farmoni bilan Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
 
Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 apreldan:

  • “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijga magistratura va doktoranturaga yuboriladiganlar soni 5 barobarga oshiriladi;
  • jamg‘arma hisobidan xorijda bakalavriat bo‘yicha o‘qitish joriy etilib, 2021 yilda xorijga 100ta talaba yuboriladi.

Fizika va chet tillari bo‘yicha ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 iyuldan o‘rta tibbiyot mutaxassislariga “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanishga ruxsat beriladi.

2021 yil yakunigacha mehribonlik uylarining uy-joyga muhtoj 900ta chin yetim bitiruvchilari uy-joy bilan ta'minlanadi.

2021 yilda 22ta bog‘cha binolari, 31ta yangi maktab, 16ta OTM binolari, 24ta sog‘liqni saqlash obektlari hamda 23ta sport obektlari quriladi.

Davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratiladigan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi.

Mavzuga oid