Xorijda öqiyotgan özbekistonlik yoşlarning atigi 1 foizi top-100dagi oliygohlarga kirgan. Vaholanki, top-10 bilan top-200dagi ta’lim narxi bir-biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi. Bu haqda prezident selektorida söz bordi.
“Yoşlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yönaltirib, oliygoh tanlaşga kömaklaşib, maqsadli tayyorlaşni yölga qöysak böldi, körsatkiçlarimiz karrasiga oşadi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boşlaş va “Harvardçilar maktabi”ni oçiş böyiça katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida taşkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvçilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda top-10 oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.
Bundan taşqari, Prezident va ixtisoslaşgan maktablardan 208 nafar maslahatçi umumta’lim maktablariga biriktiriladi.
Milliy dastur asosida maslahatçilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming öquvçini tanlab olib, AQŞning Harvard, Yyel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.








