O‘zbekiston | 10:04 / 14.06.2018
123491
2 daqiqa o‘qiladi

Maxsus sirtqi bo‘limlar qayerlarda tashkil etiladi?

Foto: KUN.UZ

Prezidentning 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22ta oliy ta'lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765ta etib belgilandi.

«Huquqiy axborot» kanali xabariga ko‘ra, ularning 11 750tasi to‘lov-kontrakt, 15tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ko‘rsatilgan kvota bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalar qabul qilinadi:

• Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;
• Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filiali — 310);
• Andijon davlat universiteti — 750;
• Buxoro davlat universiteti — 720;
• Guliston davlat universiteti — 600;
• Qarshi davlat universiteti — 690;
• Namangan davlat universiteti — 750;
• Samarqand davlat universiteti — 750;
• Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);
• Farg‘ona davlat universiteti — 690;
• Urganch davlat universiteti — 690;
• Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
• Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
• Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 750;
• Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;
• Toshkent davlat agrar universiteti — 25;
• O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti — 50;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15tasi davlat granti asosida);
• Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti — 90;
• Navoiy davlat konchilik instituti — 90;
• Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kimlar test imtihonlaridan ozod etilishi haqida ma'lumot berilgandi

Mavzuga oid