“Zarafşon” gazetasi muxbiri Davlat test markazi Samarqand viloyat bölimi boşliği Esonboy Isroilovga OTMga test sinovlarini ötkazişda joriy etilgan yangiliklar borasida savollar bilan murojaat etdi. Intervyu davomida mutaxassis yuqoridagi savolga şunday javob berdi:

– Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida"gi Nizomga muvofiq xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari ğoliblari hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi ta'sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegişli oliy ta'lim muassasalarining mos ta'lim yönalişlariga tanlovdan taşqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Şuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, "Mard öğlon" davlat mukofoti sohiblari bölgan umumta'lim va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining öquvçilari, Xalq ta'limi, Soğliqni saqlaş, Madaniyat, jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tomonidan har yili ötkaziladigan pedagogika örta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvçilari va ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilarining "Tarbiyaçi" respublika tanlovi ğolibi, tibbiyot muassasalari hamşiralarining "Hamşira" respublika tanlovi ğolibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san'at böyiça respublika tanlovi ğoliblari, "Nihol" mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamğarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan şunday imtiyozga ega bölişlari mumkin.

Bundan taşqari, Özbekiston yoşlar ittifoqining faol a'zolari ham imtiyozli qabul qiliş maqsadida tavsiyanomalar beriş böyiça respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida doimiy yaşaş joyidagi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika ta'lim yönalişlariga tanlovdan taşqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadi.