Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov: «Prezidentimizga va'da beraman, 24 soat ishlab bo‘lsada O‘zbekistonni JChga olib chiqamiz»
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasini kelgusida Olimpiada va jahon chempionatiga chiqishi uchun barcha ishni amalga oshirishi haqida gapirib o‘tdi.
«23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, barchamizga quvonch bag‘ishladi. Muhtaram prezidentimiz ham bu g‘alabadan xursand bo‘lib, har bir futbolchiga Malibu avtomobili sovg‘a qildi. Ularni kutib olgani chiqqanimizda sovuq bo‘lishiga qaramasdan aeroportga kelgan muxlislarni ko‘rib xalqimiz bu g‘alabani qanchalik kutganini tushundik.
Oldimizda Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlari va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati bizni kutib turibdi. Xalqimizga, prezidentimizga va'da berib shuni aytamanki, 24 soat ishlab bo‘lsada, jamoani olimpiadaga ham, jahon chempionatiga ham olib chiqamiz.
Yilni futboldagi ajoyib natija bilan boshladik. Endi nafaqat futbolda, balki boshqa sport turlarida ham muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz. Oldimizda turgan Osiyo o‘yinlari va Olimpiada musobaqalarida medallarimiz sonini oldingiga nisbatan ikki baravar oshirishga harakat qilamiz. Davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bor kuchimiz bilan ishlab tizimni yo‘lga qo‘yib olsak, barchasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman», deya Ahmadjonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:07 / 20.12.2022
JCh-2022 ramziy jamoasi. Mbappe, Martines, Amrabat va turnirning boshqa qahramonlari
16:15 / 20.12.2022
Grizmanning bekor qilingan goli, Messining Polsha bilan o‘yindagi penaltisi - JCh-2022da VAR'ning 10ta eng bahsli qarori
10:27 / 20.12.2022
Argentina g‘alabasining bahosi: JCh-2022 da FIFA mukofot jamg‘armasi 1 mlrd dollardan oshdi
01:16 / 19.12.2022