Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy va avtomobil oldi-sotdisidan banklar qancha komissiya oladi?
Agar oldi-sotdi davlatga qarashli bankda amalga oshirilsa, ko‘chmas mulk uchun BHMning 50 foizi (206 ming so‘m)gacha, avtomobil uchun BHMning 25 foizi (103 ming so‘m)gacha bank komissiyasi undiriladi. Xususiy banklar tariflarni mustaqil belgilaydi.
Foto: Kun.uz
Avval xabar berilganidek, O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab ko‘chmas mulklar va ishlab chiqarilganiga 10 yoshdan oshmagan transport vositalari oldi-sotdisi eskrou hisobraqamlar orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bank eskrou hisobraqamlar orqali amalga oshiriladigan bitimlar bo‘yicha xizmatlar uchun davlat ulushi mavjud banklardagi komissiyalarni e’lon qildi:
- Ko‘chmas mulk bo‘yicha: komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan oshmaydi (ya’ni 206 000 so‘mgacha).
- Avtotransport vositalari bo‘yicha: komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan oshmaydi (ya’ni 103 000 so‘mgacha).
- Muhim jihat: agar xaridor va sotuvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatiladigan bo‘lsa, komissiya faqat bir marta olinadi.
- Agar xaridor va sotuvchining banklari boshqa-boshqa bo‘lsa, har bir bank komissiyaning yarmidan oshmagan qismini oladi.
- Agar bitim amalga oshmasa yoki bekor qilinsa, eskrou hisobvarag‘idagi mablag‘ xaridorga qaytariladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan maksimal komissiyalar faqat davlat ulushi mavjud tijorat banklarida amal qiladi. Boshqa tijorat banklarida esa komissiya miqdori bankning ichki tarif siyosatiga muvofiq belgilanadi.
Ma’lumot uchun, quyidagi banklarda davlat ulushi mavjud:
- O‘zmilliybank
- Agrobank
- O‘zsanoatqurilishbank
- Asaka bank
- Xalq banki
- Biznesni rivojlantirish banki
- Aloqa bank
- Mikrokreditbank
- Turon bank
Mavzuga oid
15:15 / 16.04.2026
O‘zbekistonda Mastercard kartasini qayerda va qanday ochish mumkin?
14:27 / 03.04.2026
Uy va avtomobil savdosi endi faqat bank orqali bo‘ladi. Bu tizim qanday ishlaydi?
20:37 / 02.04.2026
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
18:37 / 28.03.2026