So‘nggi 1,5 yilda tuman hokimliklari tomonidan yer ajratishga oid 7,5 mingta qaror qonunga zid ravishda qabul qilingan hamda 120 ming gektar yer noqonuniy ajratilgan. Biroq aksar hollarda ushbu jinoyatlar uchun qonunga zid ravishda yer ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan hokimlar emas, asosan, kichik amaldorlar jazoga tortiladi. Kun.uz’ga intervyu bergan Bosh prokuratura mas'ullari buni izohlashdi.
– Hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzilishlarda ko‘pincha qaror imzolagan hokimlar emas, balki kichik amaldorlar jazoga tortilib keladi. Nega «mayda baliqlar» qarmoqqa ilinadi-yu, «katta nahanglar» jazosiz qolib ketadi?

Azim Sattorov,
Bosh prokuraturaning Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori:
– Bizning boshqarma iqtisodiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Shu sababli savolingizga Bosh prokuraturaning jinoiy ish ochilgandan keyin tergov harakatlari bilan shug‘ullanadigan bo‘limidan javob olishingiz mumkin.















