Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent city’da Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rnini Sherzod Hidoyatov egalladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Sherzod Saidjanovich Hidoyatov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz “Tashkent city” direksiyasi direktori lavozimida ilgari ishlab kelgan J.Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obektlar quriladi.
Avvalroq, shu hududdagi «Ezidiyor» to‘yxonasi buzilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:24 / 06.03.2026
Bosh reja o‘zgardi, ayrim hududlarda binolarning qavati oshirildi, bunga qanday ehtiyoj bor edi? – rasmiylar javob berdi
13:31 / 20.02.2026
Islomobodda “Bobur bog‘i” barpo etish masalalari muhokama qilindi
20:59 / 29.12.2025
Oxirgi yetti yilda 38 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar noqonuniy qurilgan
12:35 / 20.12.2025