Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

“Toşkent siti” obektidagi quriliş avjida. Ayni damda Öqçi mahallasidan yangi uyga köçirilmagan 20ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi sönggi kunlarida gaz ta'minotidan uzib qöyilgan edi, ammo, suv va elektr bor, deb yozmoqda ÖzA.

«Odamlar arz qilişni biladi, lekin mana vaziyatni köring, qanday qilib gaz ta'minotini saqlab qoliş mumkin. Aholini Yaşnobod va Olmazor tumanidagi uylarga köçirib kelyapmiz. Iloji boriça ana şu odamlar köngliga qaraşga intilyapmiz. Lekin şunga qaramasdan ular orasida norozi bölayotganlari ham yöq emas», degan Toşkent şahar, Şayxontohur tumani hokimi Bahodir Ğoyibnazarov. 

Hokimning sözlariga köra, «Ezidyor»  töyxonasi ham buziladi. Uning atrofidagi binolar ham tez orada buzilişi kutilmoqda. Uşbu obektlardagi tadbirkorlar özlariga boşqa yer tanlab ulgurmaganlar. Tuman rahbari tadbirkorlarga boşqa hududlardan joy körsatilganini aytgan. 

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Foto: ÖzA
Foto: ÖzA