26 aprel kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev yiğiliş iştirokçilariga taniştirildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahar hokimi lavozimida 2012 yildan buyon işlab kelgan Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov vazifasi ayni çoğda Akfa Group kompaniyalari asosçisi va rahbari, işbilarmon Jahongir Ortiqxöjayevga yuklatildi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar sobiq hokimi Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov şu kunning özida Özbekiston avtomobil transporti agentligi boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Jahongir Ortiqxöjayev 1975 yil Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyoti universitetini tamomlagan. Jahongir Obidoviç faoliyatini «Jahongir» MÇJ direktori sifatida boşlagan, söngra «Artel Injiniring» MÇJ direktori sifatida işlab kelayotgandi. U 2015 yili «Döstlik» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Ma'lumot uçun, Akfa Group kompaniyasi tarkibiga Artel, Atlas, Mediapark va Imzo kabi brendlar ostida faoliyat olib borayotgan korxonalar kiradi. Jahongir Ortiqxöjayev sönggi paytda Toşkent şahrida olib borilayotgan bunyodkorlik işlariga ulkan hissasini qöşib kelayotgan tadbirkorlardan biri.

Masalan, kuni keça Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Özbekistonga taşrif buyurganda, yangi qurilgan Aşxobod boğining oçiliş marosimida Ortiqxöjayevning ikki davlat prezidentlariga hamroh bölganini suratlarda köriş mumkin.

















