“Dunyo” AA xabar berişiça, 14–17 fevral kunlari Özbekiston quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov boşçiligidagi delegatsiya Islomobod şahriga taşrif buyurdi. Safardan maqsad — “Bobur boği”ni barpo etiş bilan boğliq masalalarni Pokiston tomoni bilan muhokama qiliş va tegişli qarorlar loyihasini tayyorlaşdan iborat böldi.

Özbekiston elçixonasida ötkazilgan muhokamalarda elçi Alişer Töxtayev, Islomobod şahar hokimligi (CDA) rahbariyati, muhandislik va arxitektura sohasi vakillari iştirok etdi. Tomonlar boğning arxitekturaviy yeçimlari, infratuzilmasi hamda loyihani amalga oşiriş bosqiçlari yuzasidan fikr almaşdi.

Qayd etilişiça, mazkur boğ Özbekiston va Pokiston örtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy yaqinlik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. U nafaqat dam oliş maskani, balki ikki xalqni boğlovçi madaniy meros va tarixiy xotira ramzi sifatida barpo etiladi.

Loyihaga muvofiq, “Bobur boği” Islomobod şahrining F-7 sektorida joylaşgan 2,5 gektar maydonda bunyod etiladi. Hududda sayr yölaklari, favvoralar, yaşil hududlar, sport maydonçalari, köngiloçar maskanlar hamda Özbekiston milliy taomlari taklif etiladigan çoyxona barpo etilişi rejalaştirilgan. Boğ markazida Zahiriddin Muhammad Boburning byusti örnatiladi.

Muhokamalar yakunida iştirokçilar loyiha konsepsiyasini takomillaştiriş, me’moriy qiyofada milliy an’analar va zamonaviy uslub uyğunligini ta’minlaş hamda sifat masalalariga alohida e’tibor qaratiş böyiça takliflar bildirdi. Şuningdek, delegatsiya “Bobur boği” uçun ajratilgan maydonni közdan keçirib, dala tadqiqotlari ötkazdi.