O‘zbekiston | 07:32 / 18.11.2021
5029
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi yo‘l belgisi paydo bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi yo‘l belgisi paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holatga izoh berdi.

Foto: YHXB

Qayd etilishicha, ushbu belgi GOST 23457-86 talablarida va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi "Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash" to‘g‘risidagi 370-son qarorida ham mavjud emas.

Avvalroq, yo‘l harakati qoidalarida harakatni tartibga soluvchi elementlarning bir-biridan qanday ustunlik tomoni borligi aytilgandi.

Svetoforlar yo‘l belgilaridan ustun hisoblanadi. Ma'no jihatidan svetoforlar yo‘l belgilariga zid bo‘lsa, yo‘l harakati ishtirokchilari svetofor ishoralariga bo‘ysunadi.

Amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari” 2015 yil 24 dekabrda Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2016 yil 1 martdan kuchga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid