Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB ishtirokida Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi
Namangan viloyati aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining ichimlik suvi hamda kanalizatsiya xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsad qilingan.
Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan O‘zbekistonga “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 18 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 70,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz berilishi ma'qullangan;
b) loyihaning umumiy qiymati 85,13 mln AQSh dollarini, shu jumladan:
YeTTB qarzi – 70,0 mln AQSh dollarini;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonning hissasi –
15,13 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 10,32 mln AQSh dollarini va YeTTB qarzi bo‘yicha loyihani amalga oshirish davrida moliyaviy xarajatlar (foizlar, majburiyatlar uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqi) ko‘rinishida 4,81 mln AQSh dollarini tashkil etadi;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023 yillar) tashkil etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, YeTTBning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydigan mas'ul ijro etuvchi organ;
Namangan viloyati hokimligi “O‘zsuvta'minot” aksionerlik jamiyati bilan birgalikda loyihalarning sifatli amalga oshirilishi va hukumat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan olingan kreditlarning qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
O‘zbekiston moliya vaziriga:
O‘zbekiston nomidan YeTTB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini;
“Kommunxizmat” agentligi, Namangan viloyati hokimligi va “O‘zsuvta'minot” AJning “Namangan suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida YeTTB qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati beriladi.
Qarz bitimini ishlab chiqishda loyihani amalga oshirish davrida hamda kafolat muddatida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar to‘lashdan ozod etish nazarda tutiladi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.
Mavzuga oid
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
20:22 / 30.11.2025
Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
14:05 / 21.11.2025