O‘zbekiston | 13:42 / 26.04.2019
6399
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda asfaltobeton zavodi quriladi, aeroport rekonstruksiya qilinadi

Foto: Tabyldy Kadyrbekov

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlari yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining mukammal ta'mirlash ishlari bajarilayotgan 4R 173 “Qo‘ng‘irot sh.–Mo‘ynoq sh.” avtomobil yo‘lining 91-98 kilometr qismini tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq 4 tasmali qilib rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlari yo‘l transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilishicha, Mo‘ynoq tumani hududidagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlanadi hamda Mo‘ynoq aeroporti rekonstruksiya qilinadi.

Mo‘ynoq tumani hududiga asfaltobeton zavodi quriladi. Yo‘l qurilish texnikalari va mashina-mexanizmlari qurilish maydoniga ko‘chiriladi.

Shuningdek, yo‘l qurilish ishlarini mavsumiyligini inobatga olib avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlash ishlarini jadallashtirish choralari ko‘riladi. Qozoqdaryo QFYdan Porlitog‘ga olib boruvchi 4N86 “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq” avtoyo‘li (168km) – Shege ovuli – Porlitog‘ ovuli – Qozoqdaryo qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 24-38 km qismi suv to‘g‘oni qurib bitkazilgandan so‘ng mukammal ta'mirlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid