Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yil O‘zbekistonda "Qozog‘iston yili" deb e'lon qilinishi va Ostonada Navoiy haykali o‘rnatilishi haqida
2018 yil Qozog‘istonda "O‘zbekiston yili" deb e'lon qilingan bo‘lsa, 2019 yil O‘zbekistonda "Qozog‘iston yili" deb e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 15 mart kungi nutqi davomida ma'lum qildi.
Shuningdek N.Nazarboyev O‘zbekiston prezidentining mintaqalararo do‘stlik aloqalarining yaxshilanishiga katta hissa qo‘shganini alohida ta'kidladi va Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi.
"Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mamlakatlari ahilligiga qo‘shgan hissasi juda katta. U bir yarim yillik prezidentlik faoliyati davrida barcha qo‘shnilar bilan til topishib, barimizni do‘stlashtirib, bugungi besh davlat rahbarining Ostonaga kelishiga juda katta hissa qo‘shdi", - deydi u.
Qozog‘iston prezidenti fursatdan foydalanib, o‘zbek va qozoq xalqlarini Navro‘z bayrami bilan chin dildan tabrikladi.
Nazarboyev so‘z so‘ngida Alisher Navoiy va Abayning do‘stlik haqidagi hikmatli so‘zlarini keltirgan holda, O‘zbekistonda Abay haykali bo‘lgani kabi, Ostonada ham buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026