Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Pokistonda nufuzli mukofot bilan taqdirlandi
Islomobod shahrida O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov «Global Ambassador’s Award – 2019» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mukofot elchining Pokiston-O‘zbekiston munosabatlarini sezilarli ravishda faollashtirgani, birinchi navbatda ikki tomonlama savdoni 170%ga oshirgani uchun taqdim etildi. Shuningdek, Pokiston uchun yangi turistik yo‘nalish – O‘zbekistonga «Ziyorat turizm»ning ommalashtirilishi alohida qayd etildi.
Tadbir «Diplomatic Insight Group» nashri, «Pokiston tinchlik va diplomati instituti» va «Pokiston-ShHT do‘stlik forumi» tomonidan tashkil etildi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026