Hozir Özbekistonda sudyaning işi ellik marta qaytmaydimi, u baribir beş yillik muddatini ötiradi. Toki pora bilan tuşmay, özi ariza bermay yoki ustidan juda jiddiy ayblov tuşib, sudyalar oliy kengaşi uni işdan böşatmagunça. Bunday davom etar ekan, sud tizimida heç narsa özgarmaydi. Bizda qonunlar qabul qilinyatpi, lekin uni işlatiş mehanizmi yöq. Nega, çunki sudya jazolanmaydi. Uni heç kim ayblamaydi, deydi advokat Jahongir Mutalipov.

Advokat Jahongir Mutalipov Kun.uz saytiga bergan intervyusida sud organlaridagi adolatsizliklarga sabab bölayotgan omillar haqida fikrlarini bildirdi.

“Bugun sud organlaridagi adolatsizliklarning bir neçta sabablari bor. Men özim prokuratura tizimida işlaganman. Prokuratura esa har kuni sud bilan işlaydi. Öşa paytda sud bilan prokuraturaning farqi – prokuratura ilm jihatidan doim suddan ustun turişi edi. Bu birinçi sabab.

Ikkinçidan, prokuratura tizimida prokurorlarni 5 yildan ikki muddatga tayinlaş degan tartib yöq. Işga kirdingmi, böldi, 60 yoşgaça xotirjam işlaysan. Sudyalarda esa muddat beş yil. Ularda mana şu vaqtda qandaydir manfaatdorliklarga ega bölib olay, degan fikr bölişi mumkin.

Şuningdek, sudya beş yildan keyin ikkinçi muddatga tayinlanişi uçun kimlarningdir tavsiyasini olişi kerak. U ana şu tavsiyani beruvçiga yoqişi kerak.

Uçinçidan, yana bir qiziq holat bor. Bu balki millatimiz içidagi qusurdir. Ya’ni kimdir sudyani manfaatdor qilsa, u şu inson manfaatiga qaror çiqarib berişi holatini köp köramiz. Lekin şunday işlar ham borki, sudyani heç kim manfaatdor qilolmaydi. Ikki tomon ham oddiy inson bölişi mumkin. Mana şunday holatlarda tomonlarga öz ğazabini soçadigan sudyalar ham bor.

Şuning uçun ham ular adolat turgan joyda adolat qilmaydi. Çunki unga bundan işda moddiy manfaat kelmayapti. Bu kabi holatlarga şaxsan özim guvoh bölib, bir neçta sudyalarni javobgar ham qilganman.

Sudyalar tomonidan advokatga böladigan munosabatlar ham şunga yaraşa böladi. Xöş, sud işlarida advokatning iştirokidan maqsad nima? Aslida prokuror ham, advokat ham sudyaga yordamçi hisoblanadi. Unga adolatli qaror çiqarişda yordam beradi.

Ayrim sudyalar advokatning gapini xuddiki ayblanuvçining gapidek qabul qiladi. Iloji bölsa, “tezroq gapiring” deydi. Eşitgisi kelmaydi. Vaholanki, qonun böyiça sudya advokatning gapiriş huquqini tösişi mumkin emas. Advokat kam gapirarkan, u endi asosiy dalillarni tuşirib qoldiradi. Öz fikrlaridagi xulosa qisminiga, falon qaror çiqarişingizni sörayman, degan joyinigina öqib beradi.