Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi ma'lum qilindi
29 iyun yarim tunda Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida 3 nafar hudkush terrorchining o‘zini portlatib yuborishi oqibatida. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 39 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 147 nafar odam yaralangan. Qurbonlarning aksariyati Turkiya fuqarolaridir.
Ajanshaber.com saytining xabar qilishicha, aeroport xizmati va huquq-tartibot idoralari tomonidan halok bo‘lganlarning ro‘yxati e'lon qilingan. Unga ko‘ra, qurbonlarning 8 nafari xorijiy fuqarolar bo‘lib, ular orasida o‘zbekistonlik erkak kishi ham bor. Saytda uning ismi-sharifi keltirilgan - Samat Muhiddinov.

Yana 3 kishi ikki davlat fuqaroligiga ega kishilardir. Bundan tashqari, shaxsi aniqlanmagan, ammo jasad qismlari topilganlar ham mavjudligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan shifoxonalar ro‘yxati ham e'lon qilindi.

Mavzuga oid
20:23
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026