Ravil Abduqodirov boş vazirning maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Şu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvçi apparati boşqaruvçisi lavozimidan ozod etildi.
Abduraşid Jöraboyev boş vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. U 2019 yil sentabrdan buyon prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Bu tayinlovlar haqida 14 fevral kuni “Nigoh” Telegram-kanalida xabar berildi.
11 fevralda Baxtiyor Hasanov pensiyaga çiqişi munosabati bilan boş vazirning matbuot kotibi lavozimidan ozod etilgandi.
Eslatib ötamiz, 2022 yil boşidan Özbekiston hukumatida ma’muriy-tuzilmaviy özgarişlar röy berdi. Ijro hokimiyati tizimidagi 86 ta vazirlik va idora 70 taga qisqartirildi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasidagi ştatlar soni 269 tadan 120 taga qisqardi.
Vazirlar Mahkamasi apparati örniga hukumat rahbarining faoliyatini huquqiy, taşkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Boş vazir kotibiyati taşkil qilindi.









