Abduraşid Jöraboyev Prezident farmoniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Hozirça bu tayinlov haqida rasman ma'lum qilinmadi.
Ma'lumot uçun, Abduraşid Abduvohidoviç Jöraboyev bungaça Vazirlar Mahkamasining Yoşlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat taşkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelayotgan edi. U muqaddam Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi raisi lavozimida ham faoliyat körsatgan.
Endilikda u prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abdusattoroviç Abduvohidovga örinbosarlik qiladi. U bu lavozimda biroz avvalroq Davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça prezident maslahatçisi Şerzod Kudbiyevning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan Qahramon Quronboyev örnini egalladi.
Bundan avvalroq Prezident maslahatçisi örinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga örinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi.







