Uzavtosavdo onlayn xarid tizimida 3% miqdoridagi avans to‘lovi bekor qilindi

Foto: autostrada.uz
GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilishda avtomobillarni bron qilish va 3% miqdorida oldindan majburiy to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilindi. Bu haqda gmuzbekistan.uz saytida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi. Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillar bron qilinishi va 3% miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarning o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlandi.
“Endi GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85% yoki 100% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100% to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilini oladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hozirda 2019 yil uchun shartnomalar ochilganligi ma'lum qilingan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyalik amaldorlar bir yil ichida 2 mingdan ortiq mobil qurilmani yo‘qotib qo‘ydi - The Guardian
Jahon | 18:14
-
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV
Jahon | 17:38
-
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Jahon | 17:11
-
Eron tashqi ishlar vaziri Putin bilan uchrashadi
Jahon | 16:40
Mavzuga oid

16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida

19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov

17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov

09:20 / 03.07.2019