Ijtimoiy tarmoqlarda ommalaşib, köplab muhokamalarga sabab bölayotgan reportajda hujjat loyihasidagi davlat tilining qöllanilişi bilan boğliq 12-modda muhokamasi bahsli ötganini köriş mumkin.

Loyihaning 12-moddasida nima deyilgan?

Moddaning «Milliy tiklaniş» DP fraksiyasi tomonidan taklif etilgan tahririda:

  • jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
  • boşqa tillarda murojaat qilingan taqdirda murojaat matnining davlat tiliga tarjimasi ilova qilinişi şartligi;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar davlat tilida bayon qilinişi nazarda tutilgan.

Moddaning Qonunçilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan taklif qilinayotgan tahririda esa:

  • Jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor şaxslariga davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi ta'minlanişi;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinişi nazarda tutilgan.

Bu moddaning «Milliy tiklaniş» taklif etgan tahririda davlat tili mavqeyini kötarişga qaratilgan qoidalar belgilangan. Qömita ilgari surgan variantda esa davlat tilini rivojlantiriş emas, uning şu paytgaça bölib kelgan beqadrligini yanada mustahkamlaydigan qoidalar aks etgan.

«Bizning tahririmiz böyiça davlat taşkilotlariga hamma öz tilida murojaat qilişi mumkin, ya'ni davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi kafolatlanadi. Lekin şu murojaatga uning davlat tilidagi matni ham ilova qilinişi şart.

 Şuningdek, davlat organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlariga faqatgina davlat tilida javob qaytarilişi kerak, «mumkin qadar» degan jumlalar – bu heç narsani belgilab berayotgani yöq. Biz bu bilan faqatgina mavhum xususiyatlarni paydo qilib qöyyapmiz», – deydi Milliy tiklaniş partiyasi lideri Alişer Qodirov partiya tomonidan kiritilayotgan taklifga izoh berib.