O‘zbekiston | 00:05 / 04.05.2020
7299
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi mavjud elektr stansiyalari modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekistonda mavjud elektr stansiyalari modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi hamda qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalari rivojlantiriladi.

Bu “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta'minlash konsepsiyasi”da ko‘zda tutilgan.  

Qayd etilishicha, konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasiga o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va elektr energetika tarmog‘ining yanada mutanosib rivojlanishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Konsepsiyada quyidagi yo‘nalishlar belgilangan: 

•  mavjud elektr stansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda yangi elektr stansiyalarini qurish; 
•  elektr energiyasi hisobini yuritish tizimni takomillashtirish; 
•  qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalarini rivojlantirish; 
•  tarif siyosatini takomillashtirish va ulgurji bozorga chiqishni ta'minlash bo‘yicha huquqiy islohotlarni amalga oshirish.

2030 yilgacha quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan: 

•  elektr energiyasi ishlab chiqarishni  13 545 MVt dan 29 200 MVt gacha ko‘paytirish;
•  tabiiy gaz iste'molini 16,5 mlrd kub metrdan 12,1 mlrd kub metrgacha qisqartirish;
•  elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni 2,35 foizga va uni taqsimlashda – 6,5 foizga kamaytirish (2019 yildagi darajani 1,85 marotaba kamaytirish).

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda elektr energiyasi taqchil bo‘lgan hududlarni energiya ta'minotini yaxshilashga alohida e'tibor qaratiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari jadal rivojlanishini ta'minlash maqsadida ushbu sohada davlat-xususiy sherikchiligini keng qo‘llash choralari belgilandi.

Mavzuga oid