Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Finlandiyaning to‘qqiz diplomatini persona non grata deb e’lon qildi
Finlandiyaning Rossiyadagi elchixonasi va Finlandiyaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligining 9 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilindi. 1 oktyabrdan boshlab Moskva Bosh konsullik faoliyatiga roziligini qaytarib oladi.
Foto: Sergei Vedyashkin / Moskva News Agency
Finlandiyaning Rossiyadagi elchisi Antti Helanterya Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, «unga qarshi keskin norozilik bildirildi». Finlandiyaning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Finlandiya bosh konsulligining 9 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda 6 iyul, payshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.
Shuningdek, Moskva 1 oktyabrdan boshlab «Finlandiyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi faoliyatiga» berilgan rozilikni qaytarib olishga qaror qildi», — deyiladi TIV xabarida.
Finlandiya tomoniga Rossiya Tashqi ishlar vazirligining tegishli diplomatik notalari topshirildi.
Moskva Finlandiyaning NATOga kirish parametrlari Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblaydi, shuningdek, Helsinkini Kiyevni qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlayotganlikda, «Rossiyaga qarshi qarama-qarshi siyosatda» va ruslarga viza berishdagi to‘siqlarda aybladi.
Iyun oyida Finlandiyadan Rossiya tashqi missiyalarining 9 nafar vakili chiqarib yuborildi.
Finlandiya Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan sanksiyalar ostidagi rus oligarxlari va boshqa shaxslarning aktivlarini faol ravishda muzlatib qo‘ymoqda. Aprel oyi oxirida 1710 nafar jismoniy yoki yuridik shaxsning 244 million yevro miqdoridagi aktivlari muzlatib qo‘yildi, deya qayd etdi Helsingin Sanomat.
17 may kuni Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Finlandiya diplomatik vakolatxonalari bank hisoblarini muzlatib qo‘yganini ma’lum qildi. Gap Finlandiyaning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi haqida boryapti. Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavistoning aytishicha, Finlandiya Rossiyaga nota yuborgan.
Mavzuga oid
15:44 / 02.12.2025
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
09:58 / 03.11.2025
RF Vuoksadagi GES bo‘yicha 1972 yilgi Finlandiya bilan tuzilgan shartnomani to‘xtatdi
20:20 / 31.10.2025