O‘zbekiston | 16:33 / 30.10.2023
9976
1 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lganlarga yer sotib olishda xarajatlarni qoplash yangi tartibda amalga oshiriladi

Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHM 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHM 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Nogironligi bor shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalarning yer uchastkasini onlayn-auksion orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi murojaatlari:

2024 yil 1 yanvardan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan qabul qilinadi;
2024 yil 1 iyuldan shuningdek YaIDXP orqali ham qabul qilinadi.

Murojaatlar bo‘yicha qarorlar elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan tarzda qabul qilinadi.

Mavzuga oid