Aholini dori vositalari bilan ta'minlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi

Foto: EM Karuna/ Shutterstock
Ular Vazirlar Mahkamasining 1.03.2019 yildagi 185-son qarorida nazarda tutilgan, u shu jumladan davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berishga yo‘naltirilgan.
Norma’ning yozishicha, hujjatda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan 300 mlrd so‘m miqdoridagi foizsiz budjet ssudasini qaytarish mexanizmi belgilangan. Uning 15 mlrd so‘mlik qismi qoplangan. Qolgan qismini 2019 yil 1 iyulgacha qoplash zarur, summaning bir qismi (26,5 mlrd) «O'zmedimpeks» DUK tomonidan 1 aprelgacha qoplanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari sotilishi hamda foizsiz ssudaning qolgan qismi qoplanishi tasdiqlangan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarining yillik ehtiyojidan ortiqcha zaxirasi yaratilishi hamda buning natijasida boshqa turdagi zarur dori vositalarini xarid qilishga mablag‘larning yetishmovchiligi yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha javobgarlik Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklanadi.
Viloyat hokimliklariga tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga dori vositalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratish vazifasi topshirildi. Mablag‘lar 2019 yil Davlat budjeti parametrlari doirasida beriladi.
Endokrinologik kasalliklarga chalingan hamda buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlarining xarajatlar smetasida mazkur tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni Sog‘liqni saqlash vazirligining xarajatlar smetasida jamlash orqali markazlashtirilgan holda xarid qilishga ruxsat berildi.
Hujjat 2.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

10:46 / 14.03.2025