Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishidagi parvozlar 2026 yil bahoriga reja qilingan.
Foto: Etihad Airways
Etihad Airways aviakompaniyasi BAA poytaxti Abu-Dabi shahridan Fors ko‘rfazi, Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi yettita yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, Abu-Dabida joylashgan aviakompaniya Olmaota (Qozog‘iston), Boku (Ozarboyjon), Buxarest (Ruminiya), Madina (Saudiya Arabistoni), Tbilisi (Gurjiston), Toshkent (O‘zbekiston) va Yerevanga (Armaniston) parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Chiptalar bir necha kun ichida sotuvga chiqariladi, reyslar 2026 yil mart oyida boshlanadi.
Bu e’lon Vengriyaning Wizz Air budjetli aviakompaniyasi Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatayotganini, shu sababli, ko‘plab yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar, jumladan, Toshkent va Samarqandga parvozlar to‘xtatilishini ma’lum qilganidan bir kun o‘tib yangradi.
Qayd qilinishicha, Etihad Airways 2025 yil birinchi yarmida 10,2 million yo‘lovchini tashidi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foiz ko‘p. Yil davomida o‘rindiqlar bilan bandlik darajasi o‘rtacha 87 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:04 / 13.12.2025
BAAda ishlayotgan o‘zbekistonliklar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
15:41 / 05.12.2025