Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab ketildi
Yuziga tibbiy niqob taqqan ayol bolani onasining oldidan shifokorga ko‘rsatish bahonasi bilan olib chiqib ketgan. U shu kunning o‘zida ushlangan.
Joriy yilning 28 yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida zafarobodlik 28 yoshli ayol ikki o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
31 yanvar kuni taxminan 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan ayol onaning xonasiga kirgan va “bolangizni shifokor ko‘rigiga olib boraman, qorni dam ekan” deya chaqaloqlardan birini olib chiqib ketgan va keyin qaytib kelmagan.
Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, chaqaloq shu kunning o‘zida topilgan. Uni o‘g‘irlab ketgan shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 28.02.2026
Jizzaxda dehqon xo‘jaligi yerini 950 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:15 / 26.02.2026
Jizzaxda «Yangi Jizzax» shaharchasi barpo etiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
19:53 / 23.02.2026