Ruslanbek Davletov: «Toshkentdan borgan vazirlik xodimini mehmon qilish ham korrupsiyaga yo‘l ochadi»
11 sentabr kuni Adliya vazirligida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi Korrupsiyaga qarshi kurash global loyihasi va CERT International menejment tizimlarini sertifikatlash xalqaro tashkiloti vakillari qatnashdi.
Tadbirda so‘z olgan adliya vaziri Ruslanbek Davletov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun dastlabki qadam qay tarzda tashlangani, muammoni hal qilishda qanaqa mexanizm kerakligi, aynan qaysi bo‘g‘inda «tozalash» ishlari amalga oshirilgani haqida so‘z yuritdi.
«Korrupsiyaga qarshi kurashda yagona va aniq mexanizmga ega tizimni yaratmasdan turib, faqat quruq gapda, «Korrupsiyaga qarshi kurashamiz», degan bilan masala hal bo‘lmaydi. Pora olgan xodimga ogohlantirish berish, tilxat yozdirib olish bilan ish bitmaydi. Korrupsiyaga olib kelayotgan sabablari tahlil qilinmagunicha muammo ildiziga yetib borolmaymiz.
Faoliyatimni boshlaganimdayoq nima uchun adliya tizimining fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘g‘ini bo‘yicha bunchalik ko‘p noroziliklar bo‘lyapti, bu yerda nimalarni o‘zgartirish kerakligi xususida bosh qotira boshladik. Uch yil oldin eng korrupsiyalashgan bo‘g‘inimiz notariuslar edi. Aholi noroziliklari juda ko‘paygan edi. Buni tahlil qilib ko‘rdik. Tan olish kerak: u yerda byurokratiya darajasi yuqoriligi, xodimlar oyliklari kamligi, faoliyatning shaffof emasligi korrupsiya o‘chog‘i paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Korrupsiyani yo‘qotish uchun shaffoflikni ta'minlashga harakat qildik, byurokratiyani kamaytirish uchun elektron hujjat almashinuviga o‘tildi, xodimlar oyligini 2-3 baravarga oshirdik, har bir notarius idorasiga qog‘oz, ruchkasigacha ta'minlab berdik. Yetarli sharoitni yaratib bermasdan turib shaffoflikni, korrupsiyaga toqatsizlik hissini shakllantirish imkonsiz», – dedi Davletov.

Vazir notariatga kadrlarni ishga olish tizimiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Adliya tizimida kadrlarni ishga olishda tanlov tizimi yo‘lga qo‘yildi. Kimni ishga olishni komissiya hal qiladi. Savollarni berishda bilet tizimiga o‘tildi, komissiya a'zosi oldindan kelishilgan savolni bera olmaydi, ya'ni alohida algoritm ishlab chiqildi. Notariat tizimida shu yondashuv orqali kadrlarni ishga olganimizda ularning faoliyati yuzasidan bironta shikoyat tushmadi», – dedi u.
Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashda mentalitet to‘sig‘ini yengib o‘tish kerakligi haqidagi mulohazalarini ham aytib o‘tdi.
«O‘zbekchilik deymiz... Ko‘p holatlarda tanqidiy ma'noda ishlatamiz. Madaniyatimizning ayrim jihatlariga, odamlar orasidagi shaxsiy munosabatlarga ular rivojlanishimizga to‘siq bo‘layotgandek tanqidiy qaraymiz. Bu bejiz emas deb o‘ylayman. Chunki odamlarning bir-biriga yaqinligi, shaxsiy munosabatlar, to‘ylardagi bordi-keldi, tug‘ilgan kunlardagi qadriyatlar, tabriklar... Bu narsalar korrupsiyaga moyillikni oshiradi. Masalan, xodimlarimiz xizmat safari bilan biror hududga borishsa, Toshkentdan mehmonlar kelishibdi, deb dasturxon yozishadi. Dasturxonning ham har xili bor... Bu ham kerak bo‘lsa korrupsiya. O‘zining qarindoshlariga, do‘st-birodarlariga dasturxon yozsin, vazirlik xodimini mehmon qilishning nima keragi bor? Madaniyatimiz, «Bir piyola choy qo‘ya olmaymizmi endi», degan gap bilan ham biz qandaydir shaklda korrupsiyaga yo‘l ochib beryapmiz.
Kimdir primitiv deyishi mumkin, lekin adliya tizimidagi xodimlar xizmat safari vaqtida o‘sha joydagi xodimlar bilan bir dasturxon atrofida o‘tirishi taqiqlanadi. Qat'iy taqiqlanadi. Shunday holat yuz bersa, ular shu kunning o‘zida ishdan haydaladi.
Ikkinchidan, xodim xizmat safari davomida ish yuzasidan qiladigan xarajatlarini yuz foiz naqdsiz shaklda to‘lashi kerak. Shunday kichik jihatlargacha e'tibor berish va shuning natijasida qadriyatlar shakllantirish orqali korrupsiya holatlarining oldini olish mumkin», – deya qayd etdi Ruslanbek Davletov.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi
O‘zbekiston | 10:23
-
Shols va Makron Ukrainaga keyingi harbiy yordamni va’da qilmoqda
Jahon | 10:21
-
Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi
O‘zbekiston | 10:09
-
Turkiy tashkilotga a’zo davlatlar bilan raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 09:41
Mavzuga oid

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

12:29 / 28.01.2025
NHH loyihalarining jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha topshiriq bajarilyaptimi?

21:06 / 06.01.2025