AQŞ hukumati 43 mamlakat fuqarolari, jumladan, rossiyaliklar va belaruslar uçun kiriş qoidalarini özgartiriş niyatida, deb xabar berdi The New York Times (NYT). Davlat departamenti bu davlatlarni uç toifaga bölişni rejalaştirmoqda.
NYT manbalariga köra, 11 davlat fuqarolarining Qöşma Ştatlarga kirişi butunlay taqiqlanadi. Ular orasida Afğoniston, Butan, Venesuela, Kuba, Eron, Liviya, KXDR, Somali, Sudan, Suriya va Yaman bor.

Ikkinçi toifaga Rossiya, Belarus, Eritreya, Haiti, Laos, Myanma, Pokiston, Serra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston kiradi. Bu mamlakatlardan faqat badavlat tadbirkorlarga AQŞga kirişga ruxsat beriladi, turistlar va immigrantlar kiritilmaydi.
Uçinçi guruh vaqtinçalik bölib, ularga immigratsiya masalalaridagi kamçiliklarni tuzatiş şarti qöyiladi. Şundan söng ular birinçi yoki ikkinçi toifaga tayinlanadi. Vaqtinçalik röyxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Burkina-Faso, Kamboja, Kamerun, Kabo-Verde, Çad, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Ekvator Gvineyasi, Gambiya, Liberiya, Malavi, Mali, Mavritaniya, Sent-Kits va Neviss, Vanuatu va Zimbabve kabi davlatlar kiradi.
AQŞ prezidenti Donald Trampning mamlakatlarni immigratsiya toifalariga ajratiş niyati ötgan haftada ma’lum bölgan edi. Endi ularning töliq röyxati e’lon qilindi.













