Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Olimboyevlarga uyini qaytarishga tayyormiz” – Sanjar Karimovning advokati
Sanjar Karimovga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi va uning advokatlari Olimboyevlar ishi bo‘yicha muhokama markazidagi uyni egalariga qaytarish haqida aytib o‘tdi.
Sanjar Karimovga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi va uning advokatlari Olimboyevlar ishi bo‘yicha muhokama markazidagi uyni egalariga qaytarish haqida aytib o‘tdi.
JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Kun.uz jurnalisti tafsilotlar haqida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchining advokatlari narkojinoyat ayblovi bo‘yicha Sanjar Karimovning uyi va ofisida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomidagi ayrim noqonuniy harakatlar haqida huquqiy asoslar keltirgan. Shundan so‘ng tezkor tadbirda qatnashgan IIO Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlarining ko‘rsatmalari tinglangan.
Sanjar Karimovning o‘zi narkojinoyat ayblovi bo‘yicha shunday degan:
“Otamda demensiya kasali bo‘lgani uchun giyohvand moddalarni shifokor tavsiyasi bilan iste’mol qilardi. O‘sha kuni topilgan narkotik moddani men birovdan sotib olmaganman. Otamning paltosidan chiqqandi. Tergovga otamning 2 yillik kasallik varaqasini ham taqdim etganman”.

Sanjar Karimov sudya tomonidan berilgan savollarga javoban otasi vafotidan keyin bir-ikki marta narkotik modda iste’mol qilganini tan olgan. Biroq u bu borada hech kim bilan “oldi-berdi” qilmaganini aytgan.
Sud majlisi yakunida Sanjar Karimov va uning advokatlari Olimboyevlar ishi bo‘yicha muhokama markazidagi uyni egalariga qaytarish haqida aytib o‘tdi.
Sud 27 aprelga qadar tanaffus e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, firibgarlik hamda narkojinoyatda ayblanmoqda. Birinchi sud majlisida u o‘ziga nisbatan e’lon qilingan ayblovga umuman iqror emasligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:46 / 14.04.2026
Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi
10:49 / 13.04.2026
Shukurov ishida qamoqqa olingan sobiq sudyalarning 3 nafari garov evaziga ozodlikka chiqdi
20:05 / 10.04.2026
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi
12:15 / 10.04.2026