Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni yölga qöyişi masalasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Partiya matbuot xizmatidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, videokonferensiya tarzida ötgan yiğilişda partiya fraksiyasi maxsus işçi guruhining dastlabki xulosalari tinglangan.

Işçi guruh Özbekistonning YeOII bilan hamkorligiga oid törtta ijobiy va yana şunça salbiy jihatlarni xulosa sifatida qayd etgan.

Unga köra, taşkilotga a'zolikning ijobiy jihatlari quyidagilarda körinadi:

  • A'zolik YeOII davlatlaridagi migrantlar masalasida ayrim ijobiy natijalarni keltirib çiqaradi. Masalan, Özbekiston fuqarolari uşbu davlatlarda patent olmasdan işlaş imkoniyatiga ega bölişi mumkin va pul jönatmalari hozirgi 4-5 mlrddan 7-8 mlrd AQŞ dollariga yetişi kutiladi.
  • A'zo davlatlar bilan energetika sohasidagi hamkorlik yaxşi natija beradi.
  • Turizm sohasida ham katta imkoniyatlar oçiladi. Xalqaro yuk hamda passajir taşuvlari soddalaştiriladi.
  • Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi ortadi. Katta bozorga çiqiş va özining mahsulotlarini eksport qiliş orqali ayrim tadbirkorlar faoliyati kengayadi.

Maxsus işçi guruhi ötkazgan tahlillarda Özbekistonning YeOIIga kirişi bir qança salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi ham aytilgan. Unga köra:

  • YeOIIga a'zo böliş natijasida Özbekiston sanoati (avtomobilsozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va b.) 2 mlrd AQŞ dollari atrofida yöqotişga uçraydi.
  • YeOII davlatlari taşqi savdo siyosatini yetarliça mustaqil muvofiqlaştiriş imkoniyatiga ega emas.
  • YeOII oldindan belgilangan qoidalar orqali boşqariladigan va nizolarni kelişilgan qoidalar asosida hal eta oladigan taşkilotga hali aylanib ulugurmagan.
  • YeOIIning eng asosiy a'zosi (Ittifoq iqtisodiy potensialining salkam 85 foizini taşkil etuvçi) Rossiya hozirgi kunda xalqaro sanksiyalar va bosim ostida.

Oxirgi 2 yilda rubl bir neça baravar qadrsizlangan. Uşbu mamlakat bilan bitta Ittifoq doirasida hamkorlikka kirişişning esa kelgusida bizning iqtisodiyotimizga salbiy ta'siri mavjud.

«Fraksiya yiğilişi yakunida deputatlar YeOIIga Özbekistonni a'zo bölib kirişi natijasida vujudga keluvçi oqibatlarning dastlabki sarhisobiga tayangan holda, hozirça faqat kuzatuvçi davlat sifatida kirişini ma'qullaşdi», deyiladi xabar yakunida.