Vazirlar Mahkamasida 6 mart kuni mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligi yuzasidan olib borilgan tahliliy va kompleks baholaş işlari yakuni böyiça tegişli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga kiritiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parlamentga yöllagan Murojaatnomasida uşbu muhim masala hukumat tomonidan Oliy Majlis palatalari muhokamasiga kiritilişi va xalq vakillari bilan batafsil körib çiqilişini ma'lum qilib, bunda eng avvalo, xalqning manfaatlaridan kelib çiqib, ularning xohiş-irodasiga tayaniş lozimligini alohida ta'kidlagan edi.
Qayd etilganidek, Özbekistonda amalga oşirilayotgan yangi bosqiçdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalaşiş, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirişga boğliq. Çunki, iqtisodiy integratsiya mahsulotning raqobatbardoşligini oşiriş, tannarxni pasaytiriş, yangi texnologiyalar olib keliş, tranzit savdoni kengaytiriş, bozor islohotlarini jadal rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallaşuv jarayonida mamlakatimiz jahon işlab çiqariş tizimi, xalqaro bozor talablari va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bölişi lozim.
ÖzA xabariga köra, Özbekistonning YeOII bilan hamkorligini atrofliça örganiş va çuqur tahlil qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasi, tegişli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tomonidan iqtisodiy integratsiya masalasida mamlakat iqtisodiyotining yirik 16 tarmoğida örganiş işlari olib borildi.
Yiğilişda mazkur masala böyiça yetakçi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanişlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar körib çiqildi.
Bunda Özbekistonning YeOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, taşqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga soliş mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlaştiriş va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati singari köplab masalalar böyiça ekspertlarning xulosalari örganib çiqildi.
Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti va YeOIIga integratsiya jarayonlari özaro boğliqligi qayd etildi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning Özbekiston milliy iqtisodiyotiga ta'sirini kompleks örganiş natijasida tegişli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oşirilişi zarur böladigan çora-tadbirlar belgilandi hamda YeOII bilan kuzatuvçi-davlat maqomida hamkorlik qiliş taklifi ma'qullandi.

















