Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining 2020 yil 26 martda bölib ötgan navbatdagi yiğilişida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik bilan boğliq masala körib çiqildi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, kengaş yiğilişida mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoşligini va eksport salohiyatini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani, uşbu maqsadlarga erişiş uçun xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va jahon bozoriga integratsiyalaşuv jarayonini jadallaştiriş zarurligi ta'kidlandi.
Quyi palatadagi barça siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat işçi guruhi tuzildi. Unga spiker birinçi örinbosari Akmal Saidov rahbar etib tasdiqlandi.
YeOII bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta'sirini çuqur tahlil qiliş, qisqa, örta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanişining ustuvor yönalişlariga mosligini örganiş, hamkorlikning har bir iqtisodiyot tarmoğiga ta'siri böyiça ijobiy va salbiy ta'sir yönalişlarini aniq yoritib beriş, boşqa xalqaro taşkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollari bilan özaro boğliqligini quyi palatada har tomonlama körib çiqişni taşkil etiş Işçi guruhining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Şu bilan birga, Özbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasini örganiş böyiça Qonunçilik palatasi tomonidan amalga oşiriladigan tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. Unda uşbu masalani siyosiy partiyalar fraksiyalari, qömitalar yiğilişlarida muhokama qiliş, şuningdek, yetakçi ekspertlar iştirokida turkum davra suhbatlari, seminarlar ötkaziş közda tutilgan. Tadbirlar doirasida fuqarolar va biznes-hamjamiyat örtasida sotsiologik sörovlar ötkaziladi. Bir neçta vazirlar, jumladan, taşqi işlar hamda investitsiya va taşqi savdo vazirlarining tegişli axborotlarini Qonunçilik palatasida eşitiş közda tutilgan.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozoğiston örtasida tuzilgan şartnoma asosida taşkil etilgan xalqaro taşkilot. Ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirğiziston a'zo bölib kirgan, 2018 yildan e'tiboran Moldova kuzatuvçi maqomiga ega.
Taşkilotning maqsadi — a'zo davlatlar aholisining turmuş darajasini oşiriş borasida barqaror rivojlaniş uçun şaroitlar yaratiş, YeOII doirasida tovarlar, xizmatlar, kapital va iş resurslarining yagona bozorini şakllantirişga harakat qiliş, global iqtisodiyot şaroitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoşligini oşiriş, har tomonlama modernizatsiyalaş va özaro kooperatsiya rivojlantiriş.

















