Jamiyat | 08:04 / 23.01.2026
3514
1 daqiqa o‘qiladi

“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun yangi ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi

Qonunchilikka muvofiq, “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga quyosh panellari uchun subsidiya hamda tadbirkorlik va bandlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli kredit ajratish belgilanmoqda.

Foto: Kun.uz

2026 yil 1 fevraldan “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub oilalar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi.

Xususan, ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7–10 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha kredit berish nazarda tutilgan. Ushbu mablag‘ oilaning mehnatga layoqatli a’zolarini bandlikka jalb qilish, tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish, jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi xaridi, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurishga yo‘naltiriladi.

Kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi. Foiz stavkasi esa Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi stavka asosida hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid