Jahon | 22:06 / 22.01.2026
2432
2 daqiqa o‘qiladi

Lactalis kompaniyasi toksin tufayli Picot bolalar sut aralashmasini qaytarib oladi

Fransiyaning sut ishlab chiqarish giganti Lactalis Fransiya va boshqa o‘ndan ortiq mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham bolalar sut aralashmalari partiyalari toksin bilan ifloslangani haqidagi xavotirlar tufayli Picot mahsuloti partiyalarni savdodan qaytarib olishini e’lon qildi.

Foto: Getty images

Lactalis kompaniyasi «dorixonalar va yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan Picot bolalar sut aralashmasining oltita partiyasini ta’minotchi tomonidan yetkazib berilgan tarkibiy qismida tsereulid mavjudligi sababli ixtiyoriy ravishda qaytarib olmoqda», deyiladi kompaniya bayonotida, bu diareya va qusishga olib kelishi mumkin bo‘lgan toksinni nazarda tutadi.

AFP axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyadan tashqarida mahsulotlarni qaytarib olish Avstraliya, Chili, Xitoy, Kolumbiya, Kongo Respublikasi, Ekvador, Ispaniya, Madagaskar, Meksika, O‘zbekiston, Peru, Gruziya, Gretsiya, Quvayt, Chexiya va Tayvanga ta’sir qiladi. Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, qaytarib olish jarayoni har bir mamlakatdagi bolalar aralashmasining «bir nechta partiyalariga» tegishli.

So‘nggi haftalarda bolalar sut aralashmasi sanoati mahsulotlar qaytarib olinishi bilan bog‘liq ketma-ket qarorlardan hayratda qoldi.

18 yanvar kuni Singapur hukumati Fransiyaning Danone oziq-ovqat gigantiga tegishli Dumex bolalar sut aralashmasini, shuningdek, Nestle bolalar ozuqasi partiyasini qaytarib oldi. Bu mahsulotlar tarkibida ham tsereulid aniqlangan.

Lactalis bilan bo‘lgani kabi, Nestle kompaniyasi yanvar oyida kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bakterial modda - tserulid mavjudligi sababli o‘z mahsulotlarini qaytarib oldi. Holat O‘zbekistonga ham ta’sir qilgan edi.

Fransiya sog‘liqni saqlash idoralari 20 yanvar kuni Nestle kompaniyasi tomonidan qaytarib olingan partiyalardan biridagi sutni iste’mol qilgan chaqaloqning o‘limi bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qildi, ammo hozir ushbu sutni iste’mol qilish va o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid