Mamlakatda yetakçi yirik jahon brendlari, transmilliy korporatsiyalar va kompaniyalarning mavjudligi ba'zan qonunçilik, fiskal siyosat va iqtisodiy çoralar bilan qöllab-quvvatlanadigan bozorning barqarorligini va şaffofligini ta'minlaşning yaqqol indikatori bölib hisoblanadi. 2019 yilda Özbekistonga maşhur fransuz konserni  Lactalis'ning kirib kelişi yana bir marotaba buni ta'kidladi: mamlakat sut mahsulotlari sohasida işonçli hamkorni orttirdi, kompaniya esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi özining örnini mustahkamladi.

«Lactalis Central Asia» MÇJ XK boş direktori Kristian Xubert bilan intervyuda Lactalis bosqiçma-bosqiç Özbekiston iste'molçilarining qiziqişlari va didini uşbu ikki yil mobaynida keng assortimentda taqdim etilgan mahsuloti bilan qanday zabt etganligi va jahon brendini mahalliy miqyosda rivojlantiriş böyiça kelgusi rejalari haqida

Kristian, ayting-çi, siz oziq-ovqat sanoatiga, xususan, sut va sut mahsulotlarining yetakçi yirik işlab çiqaruvçisining kompaniyasi Lactalis'ga qanday kirib keldingiz?

Men Yevropaning eng markazi – Belgiyada tuğilib-ösdim. Oziq-ovqat sanoati, men dastlab özim uçun professional faoliyat sifatida tanlagan soha emas edi. Universitetda men tillar va menejmentni örgandim. Lactalis'ga men 2006 yilda, Qozoğistondagi

Foodmaster kompaniyasi konsern oilasiga qöşilgan paytda keldim. Menga nihoyatda mas'uliyatli yönaliş topşirildi – kompaniyaning biznes – jarayonlarini  rivojlantiriş hamda Qozoğiston hududida uning tijorat faoliyatini yölga qöyiş. Çet tillarini bilganim sababli, men Qozoğistonda, Gruziyada, Ukrainada, Saudiya Arabistonda va Kolumbiyada  Lactalis guruhi kompaniyasining tijorat yoki boş direktori lavozimida işlaşga muvaffaq böldim.

Lactalis mahsuloti dunyo böylab nihoyatda maşhur. Kompaniyaning patentlaştirilgan brendlaridan qaysilari Özbekiston bozorida taqdim etilgan?

Özbekistonda bugungi kunda 2 ta maşhur xalqaro brend taqdim etilgan - bu President va Lactel.

President lineykasi – Lactalis konsernining taşrif qoğozi bölib, uşbu brendning mahsuloti dunyo böylab deyarli barça davlatlarda taqdim etilgan.  Özbekiston iste'molçilari uçun President mahsulotining nihoyatda optimal, şu bilan birga keng assortimenti tanlab olingan: sariyoğ, eritilgan pişloqlar, qattiq pişloqlar, tvorogli pişloqlar, labne, tvorog va qaymoqlar.