O‘zbekiston | 09:40 / 10.02.2026
5562
2 daqiqa o‘qiladi

1 martdan ayrim oilalar uy-joyi energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlanadi

2026 yil 1 martdan ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi ayrim lavozimlarni tayinlash tartibiga oid bir qator yangiliklar kuchga kiradi. Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvargacha kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi subsidiyalar joriy etiladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2026 yil 1 martdan “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar uylarida devor va tomni izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza-eshiklar, shuningdek quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

2026 yil 1 martdan og‘ir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratib boriladi.

2026 yil 1 martdan xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tuman/shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvargacha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan quyidagi subsidiyalar joriy etiladi:

  • o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga xalqaro (hamda belgilangan ro‘yxat asosida milliy) sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablag‘larning 50 foizi (biroq BHMning 20 baravarigacha);
  • malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlarga baholash vositalari xarajatlarining 30 foizi (biroq BHMning 200 baravaridan oshmagan miqdorda).
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid