Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi «Özbekneftegaz» AJ tomonidan mahalliy neftni qayta işlab çiqaruvçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida benzin mahsuloti importiga aksiz soliğini 5 foizdan 20 foizga oşiriş yuzasidan bildirilgan taklifiga munosabat bildirdi. Qömitaning qayd etişiça, import benzin uçun aksiz soliğining oşirilişi yetarliça iqtisodiy asoslantirilmagan, şu sababli bu iş maqsadga muvofiq emas

“Ma'lumki, neft mahsulotlari uçun aksiz soliği deyarli barça davlatlarda qöllaniladi. Aksiz soliği – bu mamlakat içida işlab çiqariladigan va importdan keltiriladigan, odatda aniq röyhatini belgilagan holda, tovarlarga nisbatan tölaniladigan bilvosita soliq hisoblanadi.

Xalqaro tajribada rivojlangan mamlakatlarda aksiz soliği davlat budjeti uçun daromad manbai sifati köriladi. Bunda, aksiz soliği tovarning mahalliy yoki importdan keltirilganligidan qat'iy nazar yagona stavkada belgilanadi.

Şu bilan birga, aksiz soliğini har hil darajada belgilaş tajribasi Belarus va Qozoğistonda kuzatildi. Bunda, iste'moçilar uçun narxni oşişiga yöl qöymaslik va aksinça arzonlaştiriş, yoki tadbirkorlik sub'yektlariga teng şaroit yaratiş nuqtai nazardan amalga oşirilgan. Masalan, Belarusda 28 fevraldan 31 dekabrga qadar mahalliy benzin işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqarilgan benzinni realizatsiya qilganda, aksiz soliği tölovçilariga 0,25 koeffitsiyent miqdorida imtiyoz qöllanilişi belgilangan. Ya'ni, iste'molçilar manfaatlari ustuvorligini ta'minlagan holda mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş masadida import benzinning aksizini kötarmasdan, balki mahalliy benzin uçun aksiz soliğiga imtiyoz qöllanilgan.

Şuningdek, Qozoğistonda bozorda benzin defitsitini oldinin oliş, ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan benzin narxini arzon uşaş maqsadida avval import benzin uçun aksiz soliği mahalliy benzinga nisbatan deyarli uç baravar kam bölgan. Lekin, 2018 yildan boşlab bozor iştirokçilariga teng şaroit yaratiş maqsadida aksiz miqdori tenglaştirildi.

2020 yilga qadar «Özbekneftegaz» AJning neftni qayta işlaş korxonalarida bir qator imtiyoz va preferensiyalar qöllanib kelingan. Masalan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan berilgan şart-şaroitlar şuning jumlasidandir”,