Özbekistonda import qilingan benzin uçun aksiz soliği stavkasi keskin oşirilişi kutilmoqda. Kun.uz`ning hukumatdagi manbasiga köra, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga soliş böyiça kengaş import qilinadigan tayyor neft mahsulotlariga (AI-80, AI-91 va AI-92) qöyilgan aksiz soliğini uç baravar oşirişni taklif qilgan.
Uşbu soliqning amaldagi stavkasi – 5 foiz. Bundan oldin «Özbekneftgaz» AJ ham bu stavkani oşirib, 20 foiz etib belgilaşni taklif qilgani ma'lum bölgandi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, Tarif va notarif tartibga soliş böyiça kengaş mahalliy işlab çiqariladigan neft mahsulotlari uçun xom-aşyo import qilişda aksiz soliğini 0 foizda qoldiriş taklifini bildirgan.
Ma'lumot uçun, Tarif va notarif tartibga soliş kengaşiga Investitsiya va taşqi savdo vaziri raislik qiladi. Kengaşga bir neçta vazirlarning örinbosarlari, Markaziy bank va qator davlat qömitalari raislarining örinbosarlari va boşqa bir neçta idoralar rahbariyati vakillari kiritilgan. Kengaşga içki va taşqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib çiqib, tarif va notarif tartibga soliş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan.
Moliya vazirligining tuşuntirişiça, bugungi kunda işlab çiqarilgan neft mahsulotlari va import böyiça aksiz soliği stavkalari bir-biridan farq qiladi.
«Şunday qilib, agar AI-92 rusumli 1 tonna benzin işlab çiqaruvçilari 250 ming söm aksiz soliğini tölasalar, import qiluvçilar uşbu benzin markasining bojxona qiymatining 5 foiz miqdorida aksiz soliğini tölaydilar, bu esa 1 tonna import benzini 240 AQŞ dollari qiymatida 121 500 sömni taşkil etadi
Yil boşida narxlar mutlaq jihatidan import va mamlakat içida tölangan aksiz soliği miqdori bir xil edi», – deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Qayd etilişiça, Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aksiz soliği stavkalarini birxillaştiriş işlari doirasida import va neft mahsulotlari işlab çiqarişda













