Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Quyon boqish ko‘p mehnat talab qilmaydi» - oyiga 10 milliongacha daromad qilayotgan tadbirkor
Foto: KUN.UZ
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkor Shuhrat Hakimov bir yildan buyon quyon boqyapti. U faoliyatini dastlab quyonning hikol turini parvarishlashdan boshlagan.
Tadbirkorning aytishicha, quyon boqish ko‘p mehnat talab qilmaydi, vaqtida oziqlantirib, tozalikka e'tibor qaratilsa bo‘lgani. Bu uzunquloqlar juda tez ko‘payadi. Zotdor quyonlar har 21 kunda 12 tagacha bolalaydi.

Quyonlar asosan maxsus ozuqa yordamida boqiladi, ya'ni kamikorm yeydi. Bundan tashqari, beda va makkajo‘xori bilan oziqlanadi.

Qahramonimiz hozirda quyonlarning 5 ta turini ko‘paytiryapti. Bu quyonlar mo‘ynasi va go‘shti uchun parvarishlanadi.

«Dastlab 156 ta quyon olib kelganmiz. Shundan ko‘paytirishni boshladik. Yangi Zelandiyaning oq va qizil quyonini olib keldik. Kaliforniyaning kalif zotli quyonini olib keldik, shundan ko‘paytirib, hozir, mana, bugungi kunda 2 mingga yaqin quyon boqyapmiz. Mo‘ynasi va go‘shtini xaridorlar kelib olib ketadi. Bir oyda 10 milliongacha daromad qilsa bo‘ladi», – deydi Shuhrat Hakimov.

Tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirish istagida. Buning uchun ozuqa zaxirasini yaratishga yer maydoni kerak.

«Sanoat zonasidan 35 sotix yer berishdi, bino-inshoot qurib, quyon ko‘paytirish uchun. Kelajakda bizga buning ozuqasini yaratish uchun hokimiyat tomonidan yer maydoni ajratilsa, yaxshi bo‘lardi. Ozuqasi o‘zimizda yetishtirilsa, daromadimiz yanada ortadi», – deydi u.


Mavzuga oid
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
02:11 / 06.12.2025
O‘zbekistonda yer qimirladi
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
17:41 / 20.10.2025