O‘zbekiston | 13:10 / 08.03.2021
13054
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuksalish» harakati davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini yangiladi 

O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, umummilliy harakat mutaxassislari Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari hamda yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning ro‘yxatini yangiladi. 

“O‘rganish natijalari mamlakatda tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlar davom ettirilayotganini, qonunchilik takomillashtirilayotganini hamda ayollarning roli va mavqeyi, ularning siyosiy-ijtimoiy hayotda faolligi ortayotganligini ko‘rsatadi”, deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatni tuzishda ayollarning fuqarolik jamiyatidagi imiji, ular ishlayotgan tashkilotlarning siyosiy kun tartibini shakllantirishi, sohalarni rivojlantirishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga institutsional ta'siri darajasi inobatga olingan.

Avvalroq, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid