«Yuksaliş» harakati poytaxt aholisi örtasida «Toşkent boğlarini qanday yaxşilaş mumkin? Şahar aholisi fikri» mavzusida sörovnoma ötkazdi. Örganiş şahar aholisining yaşil hududlarga bölgan ehtiyoj va istaklarini aniqlaş, şuningdek, ularni obodonlaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqişga qaratilgan. Sörovnomada 18 va undan katta yoşdagi 403 nafar fuqaro iştirok etdi.
Respondentlarning umumiy sonidan 32,3 foizi parklarga haftada bir neça marta, 32,6 foizi oyiga bir marta, 28,3 foizi juda kamdan-kam hollarda, 5,8 foizi har kuni taşrif buyurişini bildirgan. Sörovda qatnaşgan faqat uç kişi parklarga bormasligini tan oldi.
Sörov iştirokçilarining fikriça, maşhur boğlar orasida Tashkent City, Ğafur Ğulom boği, Magic City, «Anhor-Lokomotiv», Yapon boği, Ekopark va Markaziy boğ bor.
Respondentlar orasida eng köp taşrif buyuriladigan boğlar va yaşil hududlar:
- Tashkent City – 35 foiz
- Ğafur Ğulom boği (Dream Park) – 31,2 foiz
- Magic City – 29,7 foiz
- «Moviy gumbazlar» bulvari – 23,9 foiz
- «Anhor-Lokomotiv» boği – 23,2 foiz
- Yapon boği – 22,4 foiz
- Ekopark – 20,9 foiz
- Central Park – 19 foiz
- «Döstlik» boği (sobiq Bobur) – 15,9 foiz
- «Yangi Özbekiston» boği – 14,4 foiz
- Milliy boğ – 13,9 foiz
- «Aşxobod» parki – 12,8 foiz
- «Lokomotiv» boği – 12,1 foiz
- Ğalaba boği – 9,6 foiz
- Furqat boği – 7,6 foiz.
Bundan taşqari, Botanika boği, River boği, Qodiriy, «Quyoşça nuri» (Bektemir tumani), «Yangi Sergeli», Yozuvçilar xiyoboni va Amir Temur xiyoboni boğlari tilga olinadi.
Respondentlarning faqat 4 foizi boğlar holatidan töliq qoniqişini bildirgan. Respondentlarning aksariyati (57,7 foiz) «Umuman olganda mamnunman, lekin kamçiliklar bor» deb hisoblasa, deyarli uçdan bir qismi jiddiy muammolar mavjudligini qayd etgan.















