Prezident “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Respublika xotin-qizlar jamoatçilik kengaşi taşkil etilmoqda va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaşga doir islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi örtasida keng tarğib qiliş;
- xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy könikmalar olişi, munosib iş topişiga har tomonlama kömaklaşiş, tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, iqtidorli yoş xotin-qizlarni aniqlaş va ularning qobiliyatini töğri yönaltiriş;
- hududlarda, ayniqsa, qişloqlarda xotin-qizlarga körsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular örtasida soğlom turmuş tarzini ta'minlaş borasidagi işlar samaradorligini oşiriş;
- turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlaş, turmuş va mehnat şaroitlarini yaxşilaş, daromadlarini köpaytiriş borasida tizimli çora-tadbirlarni belgilaş;
- xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni çuqur tahlil qiliş, ilğor tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qiliş böyiça qonunçilik va amaliyotni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;
- xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlaş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda farzand tarbiyasidagi rolini oşiriş çoralarini köriş;
- hududiy xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengaşlari” faoliyatini muvofiqlaştiriş, ularning davlat va jamoat taşkilotlari bilan samarali hamkorligini ta'minlaş, ularga uslubiy-amaliy kömaklaşiş;
- “Ayollar daftari” bilan manzilli işlaş, mutasaddi taşkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-qizlar muammolari öz vaqtida bartaraf etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça respublika komissiyasi joylarga çiqqan holda, quyidagi yönalişlarda işlarni har bir xonadon va mahalla kesimida taşkil etişi belgilab qöyildi:
- xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqişlarini uyma-uy yuriş orqali örganiş işlarini taşkil etiş, sektor rahbarlari, mahalla raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar böyiça örinbosarlarining ayollar bilan işlaş borasidagi faoliyatini samarali taşkil qiliş;
- “Ayollar daftari”ni şakllantiriş va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli işlaş, ijtimoiy ahvoli va turmuş şaroiti oğir, işsiz hamda zöravonlikka uçragan ayollar muammolarini aniqlaş va hal qiliş böyiça mas'ul idora va rahbarlarning natijaga yönaltirilgan faoliyatini yölga qöyiş va muvofiqlaştiriş;
- sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçilari tomonidan joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etiş böyiça “yöl xaritalari”ni işlab çiqib, amalga oşiriş va xalq deputatlari mahalliy kengaşlarida har oyda hisobot berişini yölga qöyiş;
- muhtoj xotin-qizlarning sanatoriylar, davolaş-profilaktika muassasalarida soğliğini tiklaş, içki turizm uçun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda sayohat va dam olişini taşkillaştiriş;
- yuqoridagi masalalar yuzasidan muntazam ravişda ommaviy axborot vositalarida, şu jumladan markaziy va mahalliy televideniyeda körsatuvlar va çiqişlarni taşkillaştiriş.












