Özbekistonga töy islohoti kerak: jamiyat özgarişlarga tayyor
|22:36 / 12.07.202536 46810 min
“Yuksaliş” harakati ötkazgan sörovnomada atigi 14 foiz odam özining daromadiga mos töy qilişini aytdi. 41 foiz respondent töy uçun 70 mln sömdan köp pul ketadi deb hisoblamoqda. Sörovda qatnaşganlarning 45 foizi töyda ortiqça xarajat qilganidan afsusda. “Dabdabali töy”ni qöllab-quvvatlovçilar – atigi 7 foiz.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Yuksaliş” harakati ijtimoiy sörovnoma ötkazib, töylar bilan boğliq tendensiyalarni aniqladi.
19 iyundan 3 iyulgaça davom etgan sörovnomada Özbekistonning barça hududlaridan jami 1247 kişi onlayn tarzda iştirok etgan. Respondentlarning 34 foizi 18-30 yoş oraliğida, 36 foizi 30-45 yoş oraliğida, 30 foizi 50 yoşdan kattalar bölgan.
Sörovda qatnaşganlarning aksariyati (71 foizi)ni turmuş qurganlar taşkil etgan. Bu – ularning töy an’analari va xarajatlaridan bevosita xabardorligini körsatadi. “Oxirgi yillarda oilangizda töy bölganmi yoki rejada bormi?” degan savolga aksariyat respondentlar “töy ötkazganmiz yoki rejalaştiryapmiz” deb javob bergan.
Xarajat va daromadlar nomutanosibligi
Köpçilik oilalarning daromadi bilan töy xarajatlari örtasida katta farq borligi közga taşlanadi.
Respondentlarning 81 foizi (ayniqsa, viloyatlarda yaşovçilar) öz oilasining örtaça oylik daromadini 5 mln sömdan 12 mln sömgaça deb körsatgan.
“Töyga taxminan qança pul sarflagansiz (yoki sarflaşni rejalaştiryapsiz)?” degan savolga esa respondentlar quyidagi javoblarni bergan:
30 mln sömgaça – 31,28%
50 mln sömgaça – 23,98%
70 mln sömgaça – 15,72%
100 mln sömgaça – 15,88%
100 mln sömdan ortiq – 9,62%
Körinib turibdiki, 69 foiz respondent töy uçun 50 mln sömdan köproq xarajat qilgan yoki şuni rejalaştiryapti. Vaholanki, 50 mln sömdan köp mablağ – köplab oilalar uçun bir yillik daromadga teng yoki undan ham yuqori bölişi mumkin.
Moliyalaştiriş manbalari
Aksariyat respondentlarning aytişiça, ular töy xarajatlarini şaxsiy jamğarmalari hisobidan emas, boşqa manbalar orqali qoplagan. Asosiy moliyaviy manbalar quyidagilar bölgan:
“Özim va yaqinlarim yordamida” – 55,17%
“Qarz olganman / olaman” – 25,1%
“Daromadim yetarli” – 14,11%
Mavzuga oid
javob bermaganlar – 5,62%
Bu raqamlar şuni körsatadiki, töy – köplab oilalar uçun ulkan moliyaviy yuk, ularning mavjud daromadlariga mutlaqo mos kelmaydi va qarzga botiradi. Bu esa yangi turmuş boşlayotgan oilalar yoki ularning ota-onalari uçun moliyaviy barqarorlikka jiddiy xavf tuğdiradi.
Jamiyatning va ota-onalarning bosimi
“Töyga katta xarajat qilişga nima sabab böladi?” degan savolda respondentlarga bir neçta variantni tanlaş imkoniyati berilgan bölib, ular köpinça şaxsiy istaklardan köra taşqi omillarni körsatgan.
“Jamiyat bosimi / elga töy berişim kerak degan majburiyat” – 46,11%
“Yoşlarning orzu-havasi” – 31,36%
“Ota-onaning orzu-havasi” – 29,03%
“Quda tomonning talabi” – 16,6%
Şunday qilib, yuqori töy xarajatlari – köproq yoşlarning şaxsiy tanlovi emas, balki katta ijtimoiy bosim va ota-onalar kutgan umidlar natijasida yuzaga kelayotgan holatdir.
“Sizningça, atrofdagilar bosimi oilalarni qimmatbaho töy ötkazişga majbur qiladimi?” degan savolga berilgan javoblar jamiyatdagi fikrlar bölinişini, ammo bosim mavjudligini tan olganlar köpçilikni taşkil qilişini körsatdi:
“Yöq, bu har bir oilaning şaxsiy işi” – 34%
“Ha, albatta” – 30,05%
“Köproq ha, deb öylayman” – 19,95%
“Köproq yöq, deb öylayman” – 11,54%
javob bermaganlar – 3,76%
Garçi eng katta guruh töy xarajatlarini şaxsiy tanlov deb hisoblasa-da, respondentlarning qariyb yarmi töğridan töğri yoki bilvosita jamiyat bosimini tan olgan. Bu jamiyatda içki ziddiyat mavjudligini körsatadi: bir tomondan – erkin tanlovga intiliş, boşqa tomondan esa – an’analar va ijtimoiy kutişlarning kuçli ta’siri.
Kamtargina töy qiliş istagi va isrofgarçilik amaliyoti
“Töy qanday bölişi kerak?” degan savolga respondentlarning 40 foizi “kamtarona” yoki “örtaça, yaqinlar davrasida” deb javob bergan.
“Dabdabali, haşamatli” variantini esa atigi 7 foiz respondent afzal körgan.
Respondentlarning 45 foizi dabdabali töylarni “keraksiz stress va qarzlarga sabab” deb hisoblaydi va köp mablağ sarflanganidan afsuslanadi. Bu – jamiyatda dabdabali töylarning samarasizligi haqida aniq tuşunça mavjudligini va köproq kamtarona töylar ötkazişga bölgan kuçli istak borligini anglatadi. Biroq bu ratsional yondaşuv ijtimoiy me’yorlar va an’analar tösiğini yenga olmayapti. Odamlar ikki öt örtasida qolgan: sarflaşni istamaydilar, ammo majbur bölişmoqda.
Töyga ketgan pulni, qayerga sarflaşni istardingiz?
Bu savolga respondentlar ta’lim oliş, uy-joy sotib oliş, sayohatga çiqiş, soğliğini tiklaş va biznesga sarmoya kiritiş kabi javoblarni berişgan.
Bu – aholining moliyaviy savodxonlikka intilişi va uzoq muddatli rejalaştirişga bölgan ehtiyoji borligini körsatadi.
Yeçim nimada?
“Sizningça, yaşab turgan hududingizda töy xarajatlariga munosabatni qanday özgartiriş mumkin?” degan savolga köpçilik quyidagilarni yeçim sifatida körsatdi:
ma’muriy çoralar joriy etiş;
aholi örtasida tarğibot va ma’rifiy işlarni kuçaytiriş;
moliyaviy savodxonlikni oşiriş.
Quyidagi özgarişlar köproq qöllab-quvvatlangan:
“Mehmonlar soni va marosim kölamini qisqartiriş” — bu taklifni 35,69% respondent ilgari surgan.
“Töydan keyingi ayrim marosimlarni kamaytiriş” — deb hisoblaganlar 31,44%.
“Töydan oldingi ayrim marosimlarni qisqartiriş” — bu fikrni 37,61% respondent qöllab-quvvatlagan.
“Heç qanday özgariş kerak emas” — bu fikrni atigi 7,14% respondent bildirgan.
Bu raqamlar aholining aksar qismi töy marosimlarini soddalaştirişga tayyorligini va jamiyatda özgarişlarga ijtimoiy buyurtma şakllanayotganini tasdiqlaydi.
Xulosa
“Yuksaliş” harakatining xulosa qilişiça, Özbekistonda töy an’analarini isloh qiliş va soddalaştiriş böyiça kuçli ijtimoiy buyurtma mavjud. Aholi eng qimmat va çarçatadigan marosimlardan voz keçişga tayyorligini bildirgan.
Sörov mualliflari quyidagi xulosalarni sanab ötdi:
1. Özbekistondagi zamonaviy töy xarajatlari köplab oilalarni qarzga botirayotgan bölib, bu ularning turmuşni boşlaş imkoniyatlariga salbiy ta’sir körsatmoqda.
2. Isrofgarçilikning asosiy sababi – şaxsiy istaklar emas, balki ijtimoiy bosim, “köz-köz qiliş” madaniyati va katta avlodning kutişlaridir.
3. Jamiyatda ratsional fikrlaş (xarajatlarni kamaytiriş zarurati) bilan an’anaviy irratsional xatti-harakatlar (“odamlar nima deydi” degan qörquv) örtasida içki ziddiyat mavjud.
4. Töy marosimlarini soddalaştiriş, hajmini kamaytiriş va ortiqça odatlardan voz keçiş zarur deb hisoblovçilar köpçilikni taşkil etadi.
Tavsiyalar
“Yuksaliş” harakati sörov natijalaridan kelib çiqib quyidagi takliflarni ilgari surmoqda:
televideniye, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali “dabdababozlik – stress va qarz” degan ğoya asosida umumxalq kampaniyasini olib boriş, kampaniyada moliyaviy savodxonlik va ruhiy bosim mavzulariga urğu beriş;
aktyorlar, qöşiqçilar, blogerlar, sportçilar, din arboblari kabi ta’sirga ega şaxslar orqali kamtarin töy ğoyasini tarğib qiliş (ularning şaxsiy namunasi jamoatçilik fikriga kuçli ta’sir körsatadi);
mahalla faollarining töy rejalaştirayotgan oilalar bilan tuşuntiriş işlari ötkazişini yölga qöyiş, soddaroq töy qilganlarni moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş;
mehmonlar soni va vaqtni çeklaş böyiça qonun ijrosini nazorat qiliş;
maktab va oliy ta’lim dasturlariga maxsus kurslarni kiritiş, oila budjeti, moliyaviy rejalaştiriş, iste’mol kreditlarining xavfi haqida darslar ötkaziş;
yoş oilalarga möljallangan “Uy uçun”, “Ta’lim uçun” kabi maxsus jamğarma hisoblarini yaratiş (bu töy kreditlariga soğlom muqobil bölişi mumkin).
Tadqiqotçilarga köra, ota-onalar va yoşlar örtasida oçiq muloqotni rağbatlantiriş kerak, toki yoşlar öz istaklarini (uy, biznes, ta’limga sarmoya) oçiq aytişga jur’at etsin, ota-onalar esa ularni eşitsin.
Şuningdek, töy – tomoşa emas, yangi oilaning boşlanişi degan ğoyani ilgari suriş taklif etilmoqda: bayram kelin-kuyovning özi uçun bölişi kerak, yuzlab taniş-begonalar uçun emas.
“Jamiyat özgarişlarga tayyor, endi esa ularni amalga oşiriş uçun aniq harakatlar kerak”, – deya xulosa qilgan “Yuksaliş” umummilliy harakati.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi